Sardor Rashidovga Qatar chempionatidan takliflar bor
Avvalroq, legionerimiz Sardor Rashidov "Quvayt SK" bilan amaldagi shartnomasini bekor qilganligi haqida yozgan edik.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha 30 yoshli vinger xizmatiga Qatar chempionatidan takliflar bor. Hozircha muzokaralar davom etmoqda. Agar barchasi ijobiy yakunlansa, qishki transfer vaqtida Rashidov yangi klubi safiga borib qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, Sardor "Paxtakor"da yarim mavsum harakat qilib, omadini yana Arab diyoridan izlashga qaror qilgandi. Hamyurtimiz o‘rtoqlik uchrashuvlari va Amir kubogi bahslarida maydonga tushdi.



Fikrlar