Santush: "Biz keyingi olti uchrashuvda g‘alaba qozonishimizga ishonaman"

  • 26 mart, 2019, 16:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Fernandu Santush Portugaliyaning qayd etgan ikki durang natijasiga o‘z munosabatini bildirdi.

Tecno

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Evro-2020 saralash bosqichi 2-turida Serbiya (1:1)ga qarshi o‘yindan keyin UEFA matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Biz uchrashuv davomida ko‘plab vaziyatlarni yaratdik, lekin faqatgina olis masofadan gol urdik. Ushbu o‘yinda g‘alaba qozonish uchun intildik. O‘z navbatida raqib ham yaxshi o‘ynadi.

Hozirgi holatimiz haqida gapiradigan bo‘lsam, bizda ikki turdan keyin ikki ochko bor. Ammo men jamoamga ishonaman. Biz qolgan olti uchrashuvda g‘alaba qozonishimizga ishonaman", - deydi Santush.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!