"Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi" g‘oliblari poytaxtimizda tantanali kutib olindi

  • 13 may, 2019, 01:49
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Musobaqada jahonning 20 ga yaqin mamlakatidan 120dan ziyod charm qo‘lqop ustasi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. O‘ninchi marotaba tashkil etilgan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari uchta oltin medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi.

Tecno

Kecha ana shu musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Kutib olish marosimida O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqa yakuniga ko‘ra bokschilarimizdan Abdumalik Xalakov (-56 kg), Iqboljon Xoldorov (-69 kg) va Kozimbek Mardonov (-81 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!