Sancho Angliya terma jamoasi tarixidagi eng yosh futbolchilar uchligiga kirdi

  • 23 mart, 2019, 08:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jeydon Sancho kecha Evro-2020 saralashi doirasida Chexiyaga (5:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda ishtirok etdi.

Tecno

E’tiborlisi, endigina 18 yosh 362 kunlik bo‘lgan Sancho shu tariqa Angliya terma jamoasi tarixida rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgan eng yosh futbolchilar uchligiga kirdi.

Ta’kidlash lozimki, bu borada faqatgina Dankan Edvars (18 yosh 183 kun) va Maykl Ouenlar (18 yosh 300 kun) Sanchodan yoshroq paytida maydonga tushishgan.

Ma’lumot uchun, Sancho joriy mavsum “Borussiya” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 17ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!