Sancho - "Chelsi"ning asosiy transfer maqsadi

  • 1 yanvar, 2021, 10:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Borussiya" Dortmund yarim himoyachisi Jeydon Sancho "Chelsi"ning asosiy transfer nishoni hisoblanadi. Bu haqda Que Golazo nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “aristokratlar” 20 yoshli angliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi. Aytish kerakki, London klubining bu boradagi asosiy raqobatchisi "Manchester Yunayted" hisoblanadi.

Sancho joriy mavsum Bundesligada 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Sanchoning ayni damdagi transfer narxi 100 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!