
Sanchesni tekinga qo‘yib yuborish ortidan MYu 60 million evro foyda ko‘rmoqda
Forvard Aleksis Sanches "Manchester Yunayted" bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Shunday qilib, 31 yoshli futbolchi "Inter"ga erkin agent maqomida o‘tmoqda. Football Italia nashri ma’lumotiga ko‘ra, hujumchi "neradzurrilar" safida yiliga 7 million evro ishlab topadi.
Ushbu kelishuv ortidan "Manchester Yunayted" Sanchesning maoshidan 60 million evroni tejab qoladi. "Inter" esa futbolchining transferini tekinga amalga oshiradi.
Fikrlar