
Sanches jasorat ko‘rsatdi
“Inter” hujumchisi Aleksis Sanches kecha “Bayer”ga (2:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat oldi.
“Neradzurrilar” rasmiy saytining xabar berishicha, chililik futbolchi mushaklaridan jarohat olgan, ammo shunga qaramasdan o‘yin oxirigacha harakat qilgan.
Endi “Inter” yarim finalda “Shaxtyor” – “Bazel” juftligiga qarshi maydonga tushadi. Hozircha Sanchesning ushbu bellashuvda ishtirok etish yoki emasligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Fikrlar