
"San-Siro" VIP-o‘riniqlari Zlatan Ibragimovich futbolkasiga burkandi (FOTO)
A Seriya 22-turi doirasidan o‘rin olgan "Milan" "Verona" o‘yinini shamollash sababli o‘tkazib yuborgan Zlatan Ibragimovich uchrashuvdan oldin g‘ayrioddiy ishga qo‘l urdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 38 yoshli Zlatan stadion VIP-o‘rindiqlarining 28 tasini band qilib, ularga o‘zining libosini kiydirtirib qo‘ydi. Sky Sport Italia nashriga ko‘ra, bu ishni u jamoadoshlari uni borligini his etishlari uchun qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich "Milan" safiga yanvar oyida kelib qo‘shilgan edi. Ortda qolgan davr mobaynida shved 5 ta o‘yinda maydonga tushib 2 ta gol kiritishni uddaladi.
Fikrlar