Samvel Babayan tashrifidan keyin "Navbahor" klubi o‘yinida jonlanish paydo bo‘lgani va u jarimaga tortilgani haqida - Diyor Imomxo‘jaev

  • 16 sentabr, 2021, 09:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" Superliga 18-turida "Paxtakor" bilan kuch sinashdi va 0:0 hisobidagi durang qayd etdi. Namanganliklar Toshkentda o‘zining ashaddiy raqibidan ochko tortib oldi. Bu orqali "lochinlar" etakchilarga qarshi bellashuvlardagi mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda.

Tecno

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida Samvel Babayan kelgach "Navbahor"da o‘zgarishlar bo‘layotganiga e’tibor qaratdi.

- "Navbahor" o‘zi uchun printsipial bo‘lgan o‘yinda "Paxtakor"ni 2 ochkodan mahrum qilishga erishdi. Hozirgacha "Paxtakor"dan faqat uch klub ochko ola bildi: "Turon", "So‘g‘diyona", "Navbahor".

Samvel Babayan tashrifidan keyin Namangan klubi o‘yinida jonlanish paydo bo‘lgani fakt. "Navbahor" so‘nggi to‘rt turda "Lokomotiv", "Nasaf", AGMK va "Paxtakor" bilan o‘ynadi, ya’ni, mamlakatning bugungi kundagi eng yaxshi jamoalari bilan. Ularning birortasi "Navbahor" darvozasiga yo‘l topa olmadi, "Navbahor" mana shu to‘rt o‘yinda 8 ochko ishlay oldi. Bu endi haqiqiy progress.

Piter Xyuistra birinchi davradagi va hozirgi "Navbahor"ning farqi, "Paxtakor"ga asosiy raqiblar orasida “lochinlar” ancha orqadaligi va boshqalar borasida gapirdi

IMG_0958

Tartib-intizom qo‘mitasi mutaxassisni AGMK bilan o‘yindan keyin Reglamentning 18.20-bandi bo‘yicha  (Musobaqa davomida jamoa uchun belgilab berilgan texnik zonada faqatgina bosh murabbiyning (zarur holatda shifokor yoki tarjimonning) erkin harakatlanishi hamda maydondagi futbolchilarga ko‘rsatma berishi uchun ruxsat etiladi. Qolgan barcha holatlarda klubning bosh murabbiydan boshqa vakiliga nisbatan O‘FAning “Intizom kodeksi”ga muvofiq jarima sanktsiyasi qo‘llaniladi) jarimaga tortdi. Xabar uzklasiko o‘tguniga qadar e’lon qilinmadi, ya’ni printsipial bellashuvga tashqi ta’sirlar bo‘lmasligi uchun barcha chora ishga solindi.

Bilishingiz mumkinki, biz Babayanni mutaxassis sifatida tan olamiz. Shuningdek, Reglament hamma uchun bir ekanidan kelib chiqib, kerak vaqtda tegishli jazoni hamma qatori unga nisbatan ham qo‘llaymiz. Navbahor rossiyalik mutaxassislarga qarshi muammolarini hal qilib olsa va shu tempda davom etsa, kelasi mavsum hozirgidan ham yaxshiroq va tartibliroq jamoaga aylanishi mumkin, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!