
Sambo: Jahon chempionatining ilk kunida uchta medal qo‘lga kiritdik
Bugun, Toshkentda sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi. Jahon chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik sambochilar uchta medal qo‘lga kiritishdi.
Ayollar o‘rtasida -50 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sabina Davlatova kumush medalga sazovor bo‘ldi. -59 kg vaznli Ibodatxon Agojonova hamda +98 kg vaznli jangovar sambochimiz Hakimjon Ismoilov bronza medalini terma jamoamiz hisobiga qo‘shib qo‘yishdi.
O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar