
Samandar Bobonazarov bronza medali soxibi
Qozog‘iston poytaxti Nur Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha kadetlar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. To‘liq tarkib bilan ishtirok etayotgan terma jamoamiz a’zolari bugun ham o‘ziga xos yutuqlarni qo‘lga kiritishda davom eimoqda. Jumladan ayollar kurashi bo‘yicha 40 eg vazn toifasida Mushtari Tolipbekova hamda 61 kgda Laylo Sobirova finalga yo‘l olgan bo‘lsa, yunon-rum kurashi bo‘yicha 71 kg vaznda Samandar Bobonazarov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shunday qilib, Osiyo chempionati doirasida yunon-rum kurashi bo‘yicha musobaqalar o‘z yakuniga etdi. Oldinda esa, ayollar kurashi va erkin kurash bo‘yicha qiziqarli baxslar bizni kutib turibdi. O‘ylaymizki, ushbu yo‘nalishlarda ham hamyurtlarimiz ijobiy natijani qo‘lga kiritadilar.
Yunon-rum kurashi bo‘yicha sovrindor bo‘lgan hamyurtlarimizni yana bir bor yodingizga solamiz:
Amir Sultonov - 60 kg chempion
Abror Ataboev - 55 kg kumush
Kuvonch Toshnazarov - 48 bronza
Jaxongir Xoshimov - 92 kg bronza
Samandar Bobonazarov -71 kg bronza
Fikrlar