
Saloh so‘ragan maosh uning transferini barbod qildi
“Barselona” rahbariyati yozda Muhammad Salohni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Misrlik futbolchining o‘zi ham Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tish istagini bildirgan.
Biroq, 29 yoshli to‘purar qo‘ygan talablar kataloniyaliklarni qoniqtirmadi. AS nashrining xabar berishicha, Muhammad Saloh “Barselona”dan besh yillik shartnoma va bir mavsum uchun 17 million evro maosh so‘ragan. Tabiiyki, bu talab moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgan klubga to‘g‘ri kelmadi.
Yaqinda “Barselona” prezidenti Joan Laporta klubning maosh tizimi qayta ko‘rib chiqilishi, norozi bo‘lgan o‘yinchilar ketishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
So‘nggi xabarlarda Muhammad Saloh “Liverpul”da qolish uchun maosh bo‘yicha talablarini pasaytirishga qaror qilgani aytilmoqda.
Fikrlar