Saloh "Liverpul"ni muhim xabardan ogohlantirdi

  • 27 avgust, 2023, 10:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh klub rahbariyatiga "Al-Ittihod"ga o‘tish istagi borligini bildirdi, deb yozmoqda jurnalist Rudi Galetti o‘zining Tvitter sahifasida.

Tecno

Saudiya Arabistoni klubi “Liverpul”ning misrlik yulduz bo‘yicha yakuniy javobini 28 avgust kuni olishini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, “Al-Ittihod” baribir “Liverpul” rahbariyati va bosh murabbiy Yurgen Kloppni Salohni sotishga ko‘ndiradi.

Oldinroq “Al-Ittihod” Salohga taxminan 76 million evro maosh bilan 3 yillik shartnoma taklif qilgani xabar qilingandi.

"Al-Ittihod" safida "Real"ning sobiq futbolchisi, 2022 yilgi "Oltin to‘p" sohibi Karim Benzema, "Chelsi" safida Chempionlar ligasi va Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan N’Golo Kante va “Liverpul”dagi sobiq jamoadoshi Fabino bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sunnatillo
27/08/2023 14:16
Ketaver saloh
Pullarni afrikani obod qilishga sarflashing aniq