Sakki - "Milan"ning sobiq bosh murabbiyi: Anchelotti kim ekanligini bilasizlarmi?

  • 20 aprel, 14:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan"ning sobiq bosh murabbiyi Arrigo Sakki Karlo Anchelottiga nisbatan bo‘layotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Eslatib o‘tamiz, "Real" Chempionlar ligasi chorak finalida "Arsenal"ga ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra (0:3, 1:2) mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi.

Tecno

"Bu odamlar Anchelotti kim ekanini bilishadimi? U nima yutganini tushunishadimi? Men uni faqatgina sovrinlari uchun emas, balki inson sifatidagi xislatlari uchun ham haqiqiy maestro deb hisoblayman. Madridning “Real” klubi Karletto kabi shaxs bilan xayrlashishdan oldin ikki yoki uch marta o‘ylab ko‘rishi kerak" – dedi Sakki "La Gazzetta dello Sport" nashriga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, Anchelotti mavsum davomida ko‘plab jarohatlarga duch kelgan va ko‘plab uchrashuvlarda o‘z pozitsiyasidagi asosiy himoyachilarsiz harakat qilishga majbur bo‘lgan.

"Futbolda bunday holatlar bo‘lishi mumkin, lekin Karloni tanqid qilish menga og‘riq beradi. Uning joriy mavsumdagi tarkibiga qarang — u ko‘p o‘yinlarda o‘z pozitsiyasida to‘g‘ri himoyachiga ega emasdi" — deya qo‘shimcha qildi Sakki.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!