"Rux" murabbiyi Abduxoliqov porlagan o‘yin haqida nimalar dedi?

  • 2 aprel, 2021, 21:53
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ukraina U21 birinchiligi 20-turidan o‘rin olgan "Rux" - "Zarya" uchrashuvi 4:1 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Legionerimiz ushbu o‘yinda o‘z hisobiga bir gol va assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Bobir Abduxoliqov gol urgan o‘yinda jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi

O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida lvovliklar murabbiyi Grigoriy Baranets o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Avvalo, bolalarga ishga munosabat uchun tashakkur aytmoqchiman. Ular g‘alaba qozongan paytida yanada do‘stona bo‘la olishlarini ko‘rsatdi. Shogirdlarim yanada ijobiy hislatlar namoyish etmoqda. Biz bundan xursandmiz.

Ba’zida, gol urgandan keyin tempni ushlashni ham bilish lozim. Aks holda, qarshi hujumlarda jazolanasiz. Bizga ko‘proq sovuqqonlik kerak. Futbolchilar hujumga intilishi yaxshi, ular gol urishni xohlaydi. Biroq ehtiyotkorlik zarar qilmaydi.

Bobirni gol urgani bilan tabriklayman. Bu unga ishonch bag‘ishlashiga ishonaman. Runich muntazam ravishda gol urmoqda. Karabina ham yana gol urdi. Umuman olganda, barchasidan mamnunman. Jamoani munosib g‘alaba bilan tabriklayman".

Quyida ushbu o‘yin videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

"Rux" g‘alaba qozondi. Bobir Abduxoliqovdan gol va assist (video)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!