
Rustam Saidov: " U oldi qo‘lida jigarga qattiq urardi"
"Jang" loyihasining navbatdagi ishtirokchisi Olimpiada bronza medali soxibi, xozirda murabbiylik qilayotgan leganda bokschilarimizdan biri Rustam Saidov bo‘ldi. U Kostya Tszyu va Nasim Hamed orasida o‘z tanlovini ma’lum qildi.
- "Ikkisi ham zo‘r bokschi edi. Nasim Xamedday masofani zo‘r his qiladigan bokschini ko‘rmaganman. U muxlislar uchun ham jang qilardi. Texnikasi juda yuqori bo‘lgan. Kostya esa Sobiq Ittifoq boksi maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Juda "qattiq" ishlardir. Oldi qo‘li bilan jigarga zo‘r zarba berardi.Orqa qo‘lida ham aniqlik yuqori bo‘lgan.
Bizga Kostya yaqinroq. U bilan ko‘p ko‘rishganmiz. Sidney Olimpiadasida bitta lagerda shug‘ullanganmiz."Yaxshi niyat" o‘yinlarida birga qatnashganmiz. U oltin olgandi, men esa kumush bilan cheklanganman. Bokschi sifatida baribir Kostya mukammalroq edi. Men Tszyuni tanlayman!", - dedi Rustam Saidov
Fikrlar