Ruslan Abdullaev g‘alaba qozondi!
Bugun tongda bokschimiz Ruslan Abdullaev o‘zining prof boksdagi uchinchi jangini o‘tkazdi.
Charm qo‘lqop ustamiz amerikalik Kevin Jonsonga qarshi ringga ko‘tarildi. Sakkiz raund to‘liq davom etgan jangda Abdullaev tajribali raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi. Uchinchi jang, uchinchi g‘alaba.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar