Ruben Amorim: "Biz o‘tmishga emas, kelajakka qarashimiz kerak"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim Krishtianu Ronalduning klub haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.
Avvalroq "An-Nasr" hujumchisi shunday degan edi: "MYu to‘g‘ri yo‘ldan ketmayapti. Klubda tuzilma muammosi bor. Salohiyati ulkan, lekin holati menga alam qiladi. O‘zgarishlar zarur — bu faqat murabbiy yoki o‘yinchilar haqida emas".
Amorim javoban quyidagilarni aytdi:
"Albatta, u aytgan har bir so‘zining katta ta’sirga ega ekanini yaxshi tushunadi. Lekin biz kelajakka diqqat qaratmog‘imiz kerak. Klub sifatida o‘tmishda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yganimizni bilamiz va ularni tuzatish ustida ishlayapmiz.
O‘tmishga o‘ralishib qolish kerak emas. Biz oldinga qarashimiz shart. Hozirgi ishimizga e’tibor qaratish lozim. Klubda ko‘p narsalar o‘zgarmoqda — tuzilma, o‘yinchilar munosabati, yo‘nalish. Biz yanada takomillashishga intilyapmiz", — deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis.



Fikrlar