
RPLda to‘p tepayotgan legioner Evropada talash bo‘lmoqda
"Spartak" klubi hujumchisi Manfred Ugalde qishki transferlar oynasida boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Kosta-Rikalik futbolchiga APLning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Xususan, Ugaldeni "Kristal Pelas", "Brentford", "Bornmut" va "Brayton" kabi jamoalar o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Ayni paytda Manfred RPLning to‘purarlar ro‘yxatida peshqadam hisoblanadi. Hozircha 22 yoshli futbolchining hisobida 14 ta gol mavjud.
Ma’lumot uchun, hujumchining Moskva klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarktdagi ma’lumotlarga ko‘ra futbolchi 9 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar