RPL. "Rostov" Moskvada yirik hisobda zafar quchdi
Hozirgina Rossiya premer-ligasining 18-turidan o‘rin olgan “Spartak” hamda “Rostov” jamoalari bahsi o‘z yakuniga etdi.
Qiziqarli kechgan bellashuv 1:4 hisobida rostovliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Mehmonlar safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 74-daqiqada zaxiraga olindi. U jamoasining gollaridan biriga assitentlik qildi.



Fikrlar