RPL. Oston O‘runov asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda "Ufa" yirik hisobda yutqazdi

  • 3 aprel, 2021, 23:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Rossiya premer-ligasining 24-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Jumladan, hamyurtimiz Oston O‘runov to‘p surayotgan “Ufa” klubi Moskvada “Dinamo” mehmoni bo‘ldi.

Tecno

Hamyurtimiz poytaxtdagi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 67 daqiqa harakat qildi. Afsuski, bellashuv 4:0 hisobida “Dinamo”ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu o‘yindan so‘ng “Dinamo” o‘z hisobidagi ochkolarni 42 taga etkazib oldi va 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Ufa” esa 15-o‘rinda qoldi.

Ma’lumot uchun, “Ufa” chempionatning navbatdagi turini safarda “Axmat”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!