
Ro‘ziqul Berdiev "Turon" va "Andijon"ning omadsiz ishtirokiga munosabat bildirdi
Superligani ikkita xususiy klub – “Turon” bilan “Andijon” tark etgani bo‘yicha bir qator fikr va mulohazalar bildirilyapti.
Bu borada futbol jamoatchiligi vakillarining ham munosabatlarini eshityapmiz. “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev “Turon” bilan “Andijon”ning omadsizligiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirdi.
- Bu jamoalar Superligada qolishganida yaxshi bo‘lardi. Chunki xususiy klublarga qaratilayotgan e’tiborni hisobga olish kerak.
Ammo ikkala jamoa ham murabbiy yoki o‘yinchilarni tanlashda qaerdadir xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. Chunki mavsum davomida ularda ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi.
Jamoalar o‘z o‘yinini topa olmadilar yoki kerakli futbolchilarni taklif qilolmadilar. Albatta, birovlarni muhokama qilmoqchi emasman, ammo qaerdadir xatolar bo‘ldi, - dedi Berdiev.
Fikrlar