Ro‘ziqul Berdiev: “Shabab Al-Axli” bizdan ko‘ra har tomonlama yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi"
Elit Osiyo Chempionlar ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Shabab Al Axli” – “Nasaf” (4:1) uchrashuvidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun “Shabab Al Axli” bizdan ko‘ra har tomonlama yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. Ular g‘alabaga munosib edi. Raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman. Afsuski, bugun bizda ham hujumda, ham himoyada rejalashtirgan ishlarimiz to‘liq amalga oshmadi", — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, “ajdarlar” 3-turdan so‘ng turnir jadvalida ochko jamg‘armagan holda so‘nggi 12-o‘rinda bormoqda. Ular keyingi turda BAAning “Al-Vahda” klubiga qarshi maydonga tushadi.



Fikrlar