
Ro‘ziqul Berdiev: "Qolgan jamoalar bilan solishtirganda biz nisbatan ma’noliroq o‘yin namoyish etyapmiz"
O‘zbekiston Superligasi 11-turdan qoldirilgan "Nasaf" - "Paxtakor" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
O‘yindan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun mamlakatimizning ikki kuchli jamoasi bir-biriga ro‘baro keldi. Katta o‘yinda kim ko‘p xato qilsa, o‘sha mag‘lubiyatga uchraydi. Raqib ko‘proq to‘p nazoratiga egalik qildi. Xatolar ham juda ko‘p bo‘lmadi.
- Olib kelingan legionerlar o‘yinidan qoniqish hosil qilyapsizmi?
- Legionerlar imkon qadar jamoaga yordam berish uchun harakat qilishmoqda. O‘zbek futbolida o‘z o‘rnini topib ketish oson emas. Yigitlar tezkor, intensiv futbolga imkon qadar tezroq moslashishi kerak. Futbolchilar ham buni yaxshi tushunib turishibdi.
Bugun Jigaurida ikkita ajoyib vaziyat bo‘ldi. Ammo u imkoniyatdan foydalana olmadi.
- "Nasaf"ning o‘yinida sezilarli pasayish kuzatilmoqda. Bunga aynan nima sabab bo‘lyapti, deb o‘ylaysiz? Jamoa xuddi Superliga o‘rtamiyona klublariga o‘xshab qolgandek tuyulmoqda...
- Bu faqat sizning fikringiz, xolos. Siz jurnalistsiz, bu narsalarni tushunmaysiz. Agar tushunganingizda bu kabi fikrlarni bildirmagan bo‘lardingiz. Klubni bu tarzda muhokama qilish sizga emas.
Har bir o‘yinimizda mazmun bor. Qolgan jamoalar bilan solishtirganda biz nisbatan ma’noliroq harakat qilamiz.
To‘g‘ri, tarkibda yo‘qotishlar mavjud. Bizni Aliqulov, Norchaev kabi yigitlar tark etdi. Biroq bunga hech kim e’tibor qaratmaydi. Biz hamon yuqori darajada futbol o‘ynay olamiz, faqat bunga ozroq vaqt kerak!
- Umid Ergashev to‘p bilan negadir juda sekin harakat qilgandek ko‘rindi. Shu sabab ko‘plab qarshi hujumlar keskinligini yo‘qotib qo‘ymadimi?
- Futbolchilarning har biriga alohida ta’kidlaymiz: shoshilmaslik muhim. Har qanday ishda sabr bilan harakat qilish lozim. Darvozabon Umid Ergashevga ham tezkor paslar bo‘yicha alohida ko‘rsatmalar berganmiz.
Nasrullaev jarohati borligi bois 3-4 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. Shuning uchun bugun uni ertaroq zaxiraga olishga qaror qildik", - dedi mutaxassis.
Fikrlar
Xakam kup xato qildi
Nasaf kambinatsion uyinni kam uynayapti darvozabon faqat oldinga tepaverdi yon qanotdan hujumlar kam buldi
Pressing deyarli yuq edi chunki jamoalar bir biridan qurqdi
Qo'pol qilib aytganda eshshak semirsa... bir inson uzoq boshqargan davlat ham komanda ham inqirozga uchraydi