Ro‘ziqul Berdiev "Navbahor"ning yarim finaldagi g‘alabasiga qanday munosabat bildirdi?

  • 15 oktabr, 2022, 22:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bu yilgi O‘zbekiston Kubogi finaliga “Nasaf” hamda “Navbahor” klublari yo‘l oldilar. Ikkala jamoa yarim finaldagi raqiblarini dog‘da qoldirdilar.

Tecno

Amaldagi Kubok sohibi sanalgan “Ajdarlar” yana bu ishini takrorlay olarmikin? “Navbahor” ham jiddiy raqib. “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev namanganliklarning yarim finalda g‘alaba qozonib, hal qiluvchi bosqichga chiqqani borasida o‘z fikrini bildirdi.

“O‘zbekiston Kubogi finaliga munosib jamoalar chiqdi. Bu yil barqaror o‘yin ko‘rsatib kelayotgan ikkita klub bosh sovrin uchun kurashadi. O‘ylaymanki, final ajoyib tarzda kechadi. Muhit zo‘r bo‘ladi. “Navbahor” klubi finalga chiqishga munosib edi. Bu yilgi mavsumda ular ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishyapti. Barqarorlik ko‘rinib turibdi.

Aslida “Navbahor” ham, “So‘g‘diyona” ham finalga munosib edi. O‘yin shunga yarasha bo‘ldi. Penaltilar seriyasi – bu lotereya. “Navbahor” kuchli jamoa, tarkibi ham kuchli. O‘ylaymanki, “Nasaf”da ham, “Navbahor”da ham Kubokni qo‘lga kiritishga imkoniyati bor”, - deydi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mirjalol official playon6062@gmail.com
16/10/2022 06:12
Рузикул Садуллайвич вакт булди болларни рухлантириш керак бор йуги 5 тур колди олга Насаф
Шухрат Хусаинов
16/10/2022 00:59
Насаф вперёд Пахтакор болелшики