Ro‘ziqul Berdiev "Navbahor" bilan kelishuvga erishdi?!

  • 15 dekabr, 2019, 23:00
  • Bekzod Isayev
  • 18
  • Futbol
CHERY AUTO

Shu kunlarda "Navbahor" klubida murabbiy o‘zgarishi borasida xabarlar ko‘paydi. Bunga sabab jamoaning natijalaridir. Shu bois Andrey Kanchelskisning egallab turgan kursisi ancha qimirlab qolgandi. Agar rossiyalik murabbiy lavozimini tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rniga nomzod sifatida Ro‘ziqul Berdiev ko‘rilayotgandi.

Tecno

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Navbahor" klubi vakillari "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiev bilan og‘zaki kelishuvga erishishgan. Agar "Nasaf"dagi imkoniyatlar kengaymasa, Berdiev Namanganga yo‘l oladi.

Qolaversa, "Navbahor" klubi ham Andrey Kanchelskis bilan uchrashib, bir qarorga kelishi ham muhim ahamiyatga ega. Chunki Kanchelskis agar shartnomasidan avval jamoani tark etadigan bo‘lsa, unga klub tovon puli to‘lab berishi shartnomada qayd etilgan.

Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
lochin
16/12/2019 12:07
кераги йу наманганда 10 тача ёзувчи мухлис бор гвардиола келса хам кутин ковлайди рахматли хакимжон ака хошимовни хам ёзувурип адойи тамом килган качонки команда хусусий болади шунда натижа болади
Farhodbek Aralov
18/12/2019 13:27
Ro‘ziqul aka xurmatni magazindan sotib olib bulmaydi deganlaridek qadringizga yetgan Nasaf bilan qoling ????
Расулжон Тоштемиров
17/12/2019 17:46
Р Бердикулов ёш бола эмас уни оз фикри бор биздан анча фикри дунё караши кучли омад берсин танлов уники

Дилшод Даврлнов
17/12/2019 15:02
Рузукул ака НАСАФ фудбол командасидан кетманг илтимос КАШКАДАРЁЛИКЛАР
&
UZB
16/12/2019 11:38
bomagan gap
&
BBS UZB
16/12/2019 10:34
Avvalo, RO'ZIQUL akaga: ...AKA HURMATINGIZNI BILING, ULAR QADRINGIZGA YETISHMAYDI. Endi o'zingizdan qolar gap yo'q.
Namanganliklar xafa bo'lmanglar-ku lekin, sizlarda sabr-toqat, e qo'pol qilib aytganda "bet" yo'q ekan. ...Ham aytadi, ham qaytadi. Kanchelskis ham xuddi o'zlaring. O'xshamasa uchratmas. E gap yo'q.
&
Ahadhon
16/12/2019 10:44
Ukam.puboʻlsa.chagaldashoʻrva
&
BBS UZB
16/12/2019 21:20
Ukam? Yoshing nechada?
Alisher Kamol
16/12/2019 08:46
Z килдику яна келди кетди шу аввал Наманган шахар хокимини алмаштириш керак. Вилоят хокими Наманганда футбол ривожланишини харакат килади. Шахар хокими эса Вилоят хокимини ишларини харомга айлантириб юради.
Абдусамат Жураев
16/12/2019 08:21
Энг зур ЯНГИЛИК
Abduvosit Majidov
16/12/2019 00:29
Yozgan odam uzi ham ishonmidi
&
ziyod
15/12/2019 23:52
Ro‘ziqil aka O‘zbekistonda 3ta murabiy bo‘lsa bittasi navbahor boshladi kelajakni o‘ylashni qachondir keladi baribir odil junyordan chiqan bolaga to‘g‘ri murabiy tanlanibdi harakat qilayotganlarni otasiga rahmat ishlarinaga omat
DOSTONBEK Tojiboyev
15/12/2019 23:30
Яхши хабарку агар рост булса насафни айрим уйинчилари хам келар эканда унда
Dilshod Muratov
16/12/2019 01:56
Avvalgi davrlar utdi.
Nasafni barcha igroklari klubga tegishli va kamida 4-5 yillik shartnomasi bulsa kerak Nasaf fc bilan.

Lekin Berdiev qulidan kelganidan xam ortiq ishlarni qilib berdi Nasafga.
Shunday ekan Nasaf klubi mutasadilari xam nimadir qilish kerak .
Brrdiev bn shartnomani tuzub ,kuchlirog xomiy topib
Nasafni avvalgi mavqeyini qaytarish kerak.
Shunda xam Nasaf ga xam Super ligaga raqobat buladi va futbol biroz rivojlanadi.
&
Абдулла дед
15/12/2019 23:24
Xomyakov keladi nasafsa
Dilshod Muratov
15/12/2019 23:10
Xamma murabbiy xam yuqori urinlar olish va chempion bulishni xoxlaydi.
R.Berdievni xam tugri tushunush lozim.
Nasafda axvol shunaqa bulaversa ketishi aniq.
Улуғбек Шарипов
15/12/2019 23:08
Аник малумотми
&
LEGIONER
15/12/2019 23:08
Nasaf qiynalib qoladiku unda