
Ro‘ziqul Berdiev: "Har tomonlama raqibdan kuchli edik"
Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichidan o‘rin olgan "Baniyas" hamda "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bahs qarshiliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga etdi.
OChL guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "ajdarlar" jamoasi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi:
- Biz ushbu uchrashuvga juda uzoq tayyorlandik. Xabaringiz bor, bizda chempionat endi boshlandi. Shunday bo‘lsa-da, ushbu o‘yin jamoa uchun muhim edi. Bugun og‘ir bahsda kuchli raqibni mag‘lub etdik. Barcha muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman.
- G‘alabani omadga bog‘lamagan bo‘lardim. Vaziyatlarga qaraydigan bo‘lsak, bizda ham ko‘p imkoniyatlar bo‘ldi. Bu omad emas. Biz maydonda raqibdan har tomonlama ancha kuchli edik.
Fikrlar