
Ro‘ziqul Berdiev endi "faxriy professor"!
O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan “Nasaf” klubi uchun Qarshida turli tadbirlar uyushtirilyapti. Jumladan, bugun Qarshi davlat universitetida g‘oliblar bilan o‘ziga xos uchrashuv tashkil etildi va talabalarga Kubok namoyish etildi. Unda “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev, futbolchilar – Oybek Bozorov, Jo‘rabek Mannonov, Alibek Davronov, Jasur Jumaev va Akmal Mozgovoy ishtirok etdilar.
Ushbu tadbirda “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev universitet kengashining qaroriga asosan “Faxriy professori” unvoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Qarshi davlat universitetining yangi o‘yingohi ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Ramziy ma’no sifatida yangi stadiondagi birinchi bellashuvni Ro‘ziqul Berdiev, universitet rektori Dilmurod Nabiev va Qashqadaryo futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Shuhrat Egamberdiev boshlab berishdi.
Ushbu tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi va Kubok sohiblari bilan esdalik uchun suratlarga tushishdi.
Fikrlar