
Ro‘ziqul Berdiev: Bunday qilish kerak emas, "Paxtakor" hakam yordamisiz ham g‘alaba qozona oladi
"Hakamlarning qarorini ko‘rib chiqmoqchimiz. Bunday o‘yinlar uchun yuqori darajadagi hakamlar kerak va referi o‘yinni buzib qo‘ydi. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik, ammo ikkinchi bo‘limda hujumkorlikni oshirib, gol kiritdik.
Operatorlarning aytishicha, gol kiritilgan vaziyatda Bikmaev ofsaydda qolgan edi va bu vaziyatni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Bugun qarshi hujumda o‘yin tashkil etishni rejalashtirgan edik va dastlabki bo‘limda bu borada oqsadik. Ikkinchi bo‘limda taktikani o‘zgartirdik va bu o‘z samarasini berdi. Bahs so‘nggida «Paxtakor» ustunlikka ega bo‘ldi.
Jamoamiz yosh futbolchilardan iborat va bugungi o‘yindan so‘ng futbolchilar echinish xonasida yig‘lashayotgan edi. Bunday qilish kerak emas. «Paxtakor» hakamning yordamisiz ham g‘alaba qozona oladi.
Aziz G‘aniev tarkibga qaytgan. Hozir jismoniy tayyorgarligi u qadar yuqori darajada emas va yana 1 oy ichida o‘zining optimal formasiga kiradi. Muhitdinovda ham huddi shunday holat. Kenjaboevning ahvolini esa shifokorlar bilan gaplashganimdan so‘ng bilaman", - dedi Berdiev.
Fikrlar
Ғалабани кеча Насаф қўлга киритди
Hakamga va oʼyinga tasir qiladiganlarga Hudoni oʼzi kifoya qisin