Ro‘ziqul Berdiev: 10 kishi qolgan "Qizilqum" bilan durang natija - bizni qoniqtirmaydi

  • 14 sentabr, 2019, 22:31
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” – “Nasaf” (0:0) uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Ro‘ziqul BERDIEV o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Qizilqum" matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tecno

"Bugun ikki xil taymga guvoh bo‘ldik. Birinchi taymda “Qizilqum” ustunlik qilib turgandi. Ular bir kishi kam bo‘lib qolgach, ikkinchi bo‘limda to‘liq ustunlik qildik. Lekin raqib darvozasi oldida yigirmaga yaqin xavfli vaziyatlarni yaratdik, zarbalar berdik. Ba’zida omadimiz kelmagan bo‘lsa, ayrim vaziyatlarda darvozabon yaxshi harakat qildi.

Mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qolishgach, asosiy e’tiborni himoyaga qaratishdi. O‘ylashimcha, ular eng to‘g‘ri yo‘lni tanlashdi. Chunki 10 kishi bo‘lib qolib bir ochkoni qo‘lga kiritish “Qizilqum” uchun muhim edi. Bu durang bizni qoniqtirmaydi. Chunki safarda to‘p tepsakda, bir bo‘lim raqibdan bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilib, gol ura olmadik. O‘yin oxiridagi vaziyat? Ha, biz shunday bo‘lishini sezgandik. Raqib asosiy e’tiborni himoyaga qaratib, o‘yin oxirida qarshi hujumda gol urib ketishi mumkin edi. O‘sha vaziyatda Muxtorov qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Lekin baxtimizga darvozabonimiz jamoani muqarrar goldan saqlab, bizni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi", - dedi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
14/09/2019 23:32
Usha kuni. Dinama bilan uyinga ham oldinki uyinlarga ham. Mazgavoy qanaqa tup oshirib uynadi. nimaga shu bolani quymaysiz. ochigi. Sastav kuchli hozir Nasafka shunchaki. notugri uyinchila notugri tochkalarga harakat qildi. urta Akmal Sardor Aziz. uchchalasi uynasin. kurasiz. uyinni. ochigi shu yil keraksiz joyga keraksiz. ratatsiya. va achko. yuqotapsiz. bulmasa ula ikkinchi taym. bir kishi kam. serazi. Oybekni tashlang edi. qisqasi. har safar. bizaga. bosim yuq fazifa yuq deb. keraksiz. achko ulashib yuribsiz.
Shaxboz Bekmurodov
14/09/2019 22:56
Ro‘ziqul sharmanda yutishimiz kerek edi