Roy Kin braziliyaliklarning raqsga tushishini tanqid qildi

  • 6 dekabr, 2022, 15:21
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Roy Kin braziliyalik futbolchilarning goldan keyin raqsga tushayotganini tanqid qildi.

Tecno

"Garchi bu milliy madaniyatning bir bo‘lagi bo‘lsada, menga yoqmaydi. Bu raqibga nisbatan hurmatsizlikdek ko‘rinadi",-dedi u "Football London" nashriga.

Qo‘shimcha qilish joiz, Braziliya futbolchilari Jahon chempionatida urilgan barcha gollarni raqsga tushib nishonlamoqda. Ayniqsa, Koreya darvozasiga kiritilgan 3-goldan so‘ng "pentakampeonlar" bosh murabbiyi Tite ham shogirdlari bilan birga "kabutar raqsi"ga o‘ynadi.

Endi braziliyaliklar chorak final o‘yinini Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs 9 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!