
Rossiyalik posbonning PSJdagi debyuti kechikadigan bo‘ldi
Rossiya milliy terma jamoasi va Frantsiyaning "Pari-Sen-Jermen" klubi darvozaboni Matvey Safonovning yangi jamoasida debyut bellashuvi yana bir muddat kechikadigan bo‘ldi. Bunga asosiy sabab esa, rossiyalik posbon noma’lum virusli kasallikka yo‘liqqani sifatida ko‘rilmoqda.
Futbolchi "Lill" bilan o‘yin oldi rasmiy mashg‘ulotlarda ham shu sabab ishtirok etmadi. Safonov esa o‘z jamoasidagi virusga chalingan yagona o‘yinchi emas. Aynan xuddi shu sababga ko‘ra, Nuno Mendesh ham mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tamiz, Liga 1 3-tur doirasidagi PSJ - "Lill" uchrashuvi ertaga, 1 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar