
Rossiyalik mashhur Denis Lebedevni jangga chorlagan o‘zbek bokschisini bilasizmi? (Video)
Professional boksda mag‘lub bo‘lmagan o‘zbekistonlik bokschi haqida eshitganmisiz? Mabodo bu borada xabaringiz bo‘lmasa, biroz ma’lumot berib o‘tamiz. Andijon boksi tarbiyalanuvchisi G‘ayrat Ahmedov profi yo‘nalishda biror marta mag‘lub bo‘lmasdan faoliyatini yakunlagan. U yarim og‘ir vazn toifasida 19 ta jang o‘tkazib, 18 marotaba g‘alaba qozongan va bir marta durang qayd etgan. Afsuski, qo‘lidan olgan og‘ir jarohat tufayli, boks olamini erta tark etadi.
Mazkur yurtdoshimiz o‘z vaqtida rossiyalik mashhur charmqo‘lqop ustasi Denis Lebedevni jangga chorlagan edi. Bu voqea 2012 yil mart oyida Moskvada “TAF Fight” turniridan so‘ng sodir bo‘lgandi. Mazkur musobaqa bir raund bo‘lib, 12 daqiqadan iborat edi. O‘shanda yurtdoshimiz mezbon Gennadiy Maksimovga qarshi ringga ko‘tariladi va uni mag‘lub etadi. Jang yakunlangandan so‘ng, Ahmedov o‘sha vaqtda yarim og‘ir vazn toifasining WBA interim va WBO intercontinental kamari sohibi Denis Lebedevni video murojaat orqali jangga chorlagandi. Quyida buni o‘zingiz tomosha qilishingiz mumkin.
G‘ayrat Ahmedov haqida tez orada "Debyut" rukni orqali ham batafsil ma’lumot berishga harakat qilamiz.
Fikrlar