
Rossiyalik aka-ukaga Evropa grandlari qiziqib qoldi
Moskvaning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachilari - Aleksey va Anton Miranchuklar faoliyatini kuchliroq jamoada davom ettirishlari mumkin.
"Sport-Ekspress" nashrining yozishicha, aka-ukalarga Italiya va Ispaniya klublaridan qiziqishlar bor. Ular ko‘proq Ispaniya variantini ma’qul ko‘rishmoqda. Aniqrog‘i, Miranchuklarga "Milan", "Roma" va "Sevilya" klublari qiziqmoqda.
Aleksey joriy mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. 12 ta o‘yinda ishtirok etgan Anton esa 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar