Rossiya terma jamoasining asosiy futbolchisi Belgiyaga qarshi o‘ynolmasligi mumkin
“Monako” klubi va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Belgiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etolmasligi mumkin.
Rus nashrlarining xabar berishicha Golovinda kichik jarohat mavjud. U Frantsiya chempionatining o‘tgan turida “Dijon”ga qarshi bellashuvni og‘riq qoldiruvchi vositalar yordamida o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Rossiya – Belgiya bahsi 16 noyabr kuni Sankt-Peterburgdagi “Gazprom Arena”da bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar