
Rossiya terma jamoasi a’zosi faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin
Ispaniyaning "Valensiya" klubi va Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Denis Cherishev faoliyatini Xitoyda davom ettirishi mumkin.
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ayni damda 29 yoshli futbolchiga nomi oshkor etilmayotgan Xitoy super klubidan taklif mavjud.
Ma’lumot uchun, Cherishev joriy mavsum “Valensiya” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar