Rossiya prezidenti Putin ikki futbolchiga Rossiya fuqaroligini berdi

  • 24 fevral, 2023, 19:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Zenit" futbolchilari Malkom va Klaudino Rossiya fuqarosiga aylanishdi.

Tecno

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2023-yil 24-fevraldagi farmoni Huquqiy axborot portalida joylashtirilgan. Bugun Rossiya fuqaroligini olgan 34 kishi orasida Malkom va Klaudino ham bor.Ular ikkisi ham braziliyalik futbolchilar hisoblanadi.

Malkom "Zenit" tarkibida 2020 yilning avgustidan, Klaudino 2021 yilning avgustidan beri o‘ynamoqda.
RFU bu ikki futbolchi Rossiya pasportlari haqida: "Ular endi Rossiya terma jamoasida o‘ynashlari va endi legioner hisoblanmasliklari uchun imkoniyat bor" deyilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!