Rossiya premer-ligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi

  • 2 oktabr, 2019, 15:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya premer-ligasida o‘tgan sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi.

Tecno

Tashkilot rasmiy saytining xabar berishicha o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra Moskvaning "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Gjegoj Krixovyak hammadan ko‘p ovoz to‘plagan va ushbu sovringa loyiq ko‘rilgan.

Ta’kidlash kerakki, RPLning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun shuningdek Nikola Vlashich, Xerdur Magnusson (ikkalasi - TsSKA), Artyom Dzyuba ("Zenit") va Aleksandr Belenov ("Ufa") kabi futbolchilar nomzodi ham bor edi.

Ma’lumot uchun, Krixovyak o‘tgan oy premer-ligada 3 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!