Rossiya klubi o‘zbek futbolchilarini yig‘inga olib ketdi

  • 15 yanvar, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futbolini yoritayotgan manbalar “Rubin” chempionatning ikkinchi qismi oldidan bir guruh futbolchilar, xususan, o‘zbekistonlik legionerlar – Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev bilan xayralashishi haqida xabar tarqatgan edi.

Tecno

Hozircha bu xabarlar tasdig‘ini topgani yo‘q.

“Rubin”  yangi yildagi ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyaning Belek shahrida o‘tkazadi. Klub mutasaddilari 26 yanvarga qadar davom etadigan mashg‘ulotlarda qatnashadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, tarkibda har ikki legionerimiz – Rustam Ashurmatovga ham, Umarali Rahmonalievga ham joy berilgan.

Umumuy ro‘yxat bilan tanishing.

Darvozabonlar:

Evgeniy Staver, Artur Nigmatullin, Nikita Korets.

Himoyachilar:

Egor Teslenko, Rustam Ashurmatov, Igor Vuyachich, Ruslan Bezrukov, Aleksey Gritsaenko, Ilya Rojkov, Dmitriy Kabutov, Konstantin Nijegorodov, Ramil Kalmurzin.

Yarim himoyachilar:

Ugochukvu Ivu, Aleksandar Yukich, Bogdan Yochich, Aleksandr Lomovitskiy, Marat Apshatsev, Oleg Ivanov, Aleksandr Zotov, Veldin Xodja, Nikola Chumich, Valentin Vada, Umarali Rahmonaliev, Nikita Vasilev.

Hujumchilar:

Mirlind Daku, Kasra Taxeri, Joel Fameye, Enri Mukba, Marvin Chuni, Dardan Shabanxadjay.

“Rubin” Rossiya Premer-ligasida 18-turdan keyin 26 ochko jamg‘argan holda, musobaqa jadvalining sakkzinchi pog‘onasida bormoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!