
Ronalduning soyasida yurgan ekan
“Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan “Real” hujumchisi Karim Benzema sovrinni olganidan keyin Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
- Men uchun Ronaldu bilan birga o‘ynash sharaf edi. U “Real”dan ketgan kuni mendan eng zo‘r o‘yinchi bo‘lish istagi paydo bo‘ldi. Maydonda ko‘proq harakat qilish ishtiyoqi o‘shanda yuzaga kelgan, - dedi Karim Benzema.
Ta’kidlash lozimki, Ronalduning o‘zi mavsumning eng zo‘r futbolchisiga beriladigan “Oltine to‘p” sovrini besh marotaba qo‘lga kiritgan.
Karim Benzema esa Zinedin Zidandan keyin nufuzli sovringa loyiq ko‘rilgan birinchi frantsiyalik futbolchi bo‘ldi.
O‘tgan mavsumda Benzema Ispaniya chempionatida 32 ta uchrashuvda 27 ta gol urdi va 12 ta assist qayd etdi. Bundan tashqari, Chempionlar ligasida 12 ta bahsda raqiblar darvozasini 15 marotaba ishg‘ol qildi. Har ikki turnir chempioni va to‘purari bo‘ldi.
Fikrlar