Ronalduning jamoasi “Real” yulduzini ishga olyapti

  • 14 may, 2024, 09:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” jamoasi o‘z davrida “Real”da porlagan mashhur himoyachi Fernando Yerroga ish berishga qaror qildi.

Tecno

Relevo nashrining yozishicha, ispaniyalik mutaxassis tez orada klubning sport direktori lavozimini egallaydi.

Ayni paytda Fernando Yerro Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi va tez orada hamkorlik bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

56 yoshli Yerro futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi, Ispaniyaning “Malaga”, Meksikaning “ Gvadalaxara” klublarida sport direktori vazifasini bajargan.  Shuningdek, “Real”da bosh murabbiy yordamchisi, “Real Ovedo” hamda Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!