Ronalduning gollari soni 750 taga etdi

  • 3 dekabr, 2020, 03:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi doirasida "Dinamo Kiev"ga (3:0) qarshi kechgan uchrashuvda gol urishni uddasidan chiqdi.

Tecno

Bellashuvning 57-daqiqasida Alvaro Morata tomonidan uzatilgan to‘pni portugaliyalik forvard kievliklar darvozasiga joylashitirib qo‘ydi.

Ushbu gol 35 yoshli hujumchining faoliyatidagi 750-si bo‘ldi. Shulardan 450 tasini "Real" tarkibida, 118 tasini MYuda, 5 tasini "Sporting"da, 75 tasini "Yuventus"da va 102 tasini terma jamoa safida kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!