
Ronalduga yana 95 ta gol kerak
Saudiya Arabistoni chempionati Pro-ligasining oltinchi turida “An-Nasr” o‘z maydonida “Al-Oruba” jamoasini qabul qilib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, Sadio Mane dubl bilan yakuniy hisobni o‘rnatdi – 3:0.
Kiritilgan to‘p portugaliyalik yulduz uchun professional faoliyatidagi 905-gol bo‘ldi. 39 yoshli forvard o‘zi ko‘zlagan minglik marraga etishi uchun u yana 95 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishi kerak.
Bundan tashqari, Ronaldu faoliyatidagi 197-penaltini bajardi. Krishtianu bu urinishlardan 167 tasini golga aylantira olgan.
Fikrlar