
Ronaldudan voz kechishdi
Keyingi paytda Evropa futbolida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning “Real”ga qaytishi muhokama qilinayotgan edi. Joriy mavsumda A Seriyada chempionlikdan tobora uzoqlashib borayotgan va Chempionlar ligasini tark etib ulgurgan turinliklarga yiliga 31 million evro maosh oladigan futbolchi qimmatlik qilmoqda.
Ronalduning o‘zi yaqinda Madriddan taklif bo‘lsa, “Qirollik klubi”ga qaytishga tayyor ekanini bildirgandi.
Biroq, avvaliga portugaliyalik yulduzga qiziqish bildirgan “Real” rahbariyati 36 yoshli to‘purar o‘rniga klubga uzoq muddat xizmat qiladigan yosh hujumchini olishni ma’qul ko‘rgan. Aytilishicha, Florentino Peres Ronalduni qaytarishda mantiq ko‘rmayapti.
Ronaldu 2009-2018 yillar davomida “Real” tarkibida o‘zi ishtirok etgan deyarli barcha turnirlarda g‘olib chiqqan va shu bilan birga to‘rt bor “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan.
Fikrlar