
Ronaldudan voz kechishdi
"Bavariya" sport direktori Oliver Kan Krishtianu Ronalduga bo‘layotgan qiziqish borasida fikr bildirdi.
Bilasiz, portugaliyalik forvard "Manchester Yunayted"ni tark etib, kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasida to‘p tepadigan klub safiga o‘tishni rejalashtirayotgandi. Unga da’vogarlar qatorida myunxenliklar ham mavjud edi.
"Ronalduni tarixdagi eng buyuk futbolchilardan biri deb hisoblashimdan qat’i nazar , mazkur transfer klubimizning falsafasiga to‘g‘ri kelmaydi", - dedi Kan.
Avvalroq, 37 yoshli forvardning "Roma" yoki "Chelsi"ga o‘tishi borasida ham xabarlar tarqalayotgandi.
Fikrlar