
Ronaldu “Yuventus”ga so‘nggi qarorini aytdi
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning klubdagi faoliyati so‘roq ostida turgandi. Jamoani Maksimiliano Allegri qabul qilib olganidan keyin ko‘pchilik portugaliyalik yulduzning ketishini kutmoqda.
Chunki Allegri avval ham Ronalduning “Yuventus”da to‘p tepishini ma’qullamagan edi.
Krishtianuning o‘zi ham boshqa jamoalarga o‘tish imkoniyatini o‘rganib chiqdi. Unga “Manchester Yunayted”, “Real” va PSJ qiziqqandi. Biroq, kuni kecha portugaliyalik yulduz klub rahbariyatiga faoliyatini Turinda davom ettirishga qaror qilganini bildirdi.
Ayni paytda futbolchi Evropa chempionatidan keyin ta’tilga chiqqan. U 25 iyul kuni klubga qaytadi va rahbariyat bilan kelajagi borasida gaplashib olishni rejalashtirmoqda. Ronalduning agenti Jorje Mendesh “Yuventus”dan kelasi yili yakunlanadigan shartnomani yana bir yilga uzaytirishni talab qilmoqda.
Ronaldu “Yuventus”ga kelganidan beri jami 133 ta uchrashuvda maydonga tushib, 101 ta gol urdi va 22 ta golli pas uzatdi.
Fikrlar