
Ronaldu yoki Messi? Xolland kimni tanladi?
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland ikki afsonaviy hamkasbi - Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasida tanlov qildi.
Rio Ferdinand podkasti efirida norvegiyalik futbolchi bu borada tanlov qilish qiyinligini aytdi. Ammo shu bilan birga, u “Lionelning chap oyog‘ini emas, balki Ronalduning o‘ng oyog‘ini tanlagan bo‘lardim” degan fikrni ham bildirdi.
Erling o‘tgan yozda 60 million evro evaziga "Borussiya" Dortmunddan "Manchester Siti"ga transfer qilingan edi. Tomonlar 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolashgan.
Joriy mavsum Xoland 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 36 ta gol (7 ta penaltidan) va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar