Ronaldu va Messining davri tugadi (mi?)

  • 12 avgust, 2022, 19:56
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Lionel Messi va “Manchester Yunayted” futbolchisi Krishtianu Ronaldu UEFA talqini bo‘yicha o‘tgan mavsumning eng yaxshi 15 nafar futbolchisi orasiga kiritilmadi.

Tecno

Kuchli uchlikka Tibo Kurtua, Karim Benzema va Kevin De Bryuyne kirdi. Qolgan o‘rinlarni esa Robert Levandovski, Luka Modrich, Sadio Mane, Muhammad Saloh, Kilian Mbappe, Vinisius Junior, Virjil van Deyk, Bernardu Silva, Filip Kostich, Lorentso Pellegrini, Trent Aleksander-Arnold va Fabino band qilgan.

G‘olib nomi 25 avgust kuni Chempionlar ligasining 2022/23 yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimidan oldin bo‘lib o‘tadi.

35 yoshli Messi o‘tgan mavsum parijliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ronaldu yakuniga etgan mavsum “Manchester Yunayted” safida 38 o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!