
Ronaldu va Dibalani tandem sifatida foydalanish qiyin. Sarri nega bunday dedi?
"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoa hujumchilari – Paulo Dibal va Krishtianu Ronaldu juftligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Dibala – ajoyib futbolchi. Birgina qiyinchilik – maydonda Paulo va Ronaldu singari turli uslubdagi hujumchilarni birlashtirish. Ular hamisha o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin.
Ulardan birgalikda foydalanish qiyin, agar bizda shunday 2 ta ajoyib futbolchi bo‘lsa, ularga moslashish kerak, hujumda ham, himoyada ham. Raqib jarima maydoni bo‘sh bo‘lish xavfi mavjud, lekin bu juda yoqimli muammo”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” karantindan keyingi dastlabki uchrashuvni 12 iyun kuni Italiya kubogi yarim final javob bahsi doirasida “Milan”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar