Ronaldu va Beyl "Liverpul"da to‘p surishi mumkin edi

  • 31 yanvar, 2020, 11:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl 2003-yilda "Liverpul" tarkibini to‘ldirishi mumkin edi. Bu haqida klubning o‘sha vaqtlardagi bosh murabbiy yordamchisi bo‘lgan Fil Tompson aytib o‘tdi.

Tecno

"Ronalduning agentlari uni "Sporting"ni tark etishi masalasida bosh qotirishayotgan edi. Shu sabab meni uning ishtirokidagi o‘yinga taklif etishdi.

O‘yindan so‘ng ular futbolchining transferi 4 million evro bo‘lishi va buni bo‘lib to‘lash mumkinligi, futbolchiga esa 1 million evro maosh tayinlanishi kerakligini aytishdi. Ammo o‘sha vaqtda bu 18 yoshli futbolchi uchun juda katta harajat degani edi", - deydi Tompson.

The Athletic ma’qolasida klub Ronalduning moliyaviy talablari haddan ortiq yuqori ekanligi sabab ushbu transfer amalga oshmay qolani hikoya qilinadi.

Shuningdek, qayd etilishicha, o‘sha vaqtda "Liverpul" 16 yoshli Garet Beyl ismli uelslik futbolchi nomzodini ham ko‘rib chiqayotgan edi, biroq ular futbolchining tovon puli yuqoriligi sabab ushbu kelishuvni ham rad etishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!